Telegram foydalanuvçilarni 22 aprel kuni keçqurun bloklanişlarga qarşi norozilik namoyişi sifatida qoğoz samolyotlarni uçirişga çaqirdi. Messenjerning servis xabarlari kanalida şunga doir xabar paydo böldi.

Aktsiya 22 aprel kuni soat 19:00 da ötişi közda tutilgan. 

16 aprel kuni "Roskomnadzor" Telegram messenjerini bloklay boşladi. Taqiqlangan saytlar reyestriga messenjerga boğliq sakkiz tarmoq ham kiritildi. Telegram tez orada Amazon, Microsoft va Google bulut servislarining IP-manzillaridan foydalanib, bloklanişni çetlab öta boşladi. "Roskomnadzor" bu saytlar manzillarini ham blokladi, biroq messenjer IP-manzillarini ketma-ket özgartirgan.

Rossiyada 16 aprelning özidayoq qoğoz samolyotlar bilan boğliq norozilik namoyişi ötkazildi. Bu namoyiş Moskva şahridagi FXX boş binosi darvozasi oldida ötkazildi, biroq bu aksiya  Telegram taşabbusi bilan taşkil etilmagandi. Bir neça namoyişçi qölga olingan, biroq keyinroq qöyib yuborilgan.