Toşkent şahri yöllari örtasiga örnatilgan temir panjaralarning barçasi vaqti-soati bilan olib taşlanadi. Şahar hokimiyati bu borada işlar olib bormoqda. Ammo bu piyodalar tomonidan yölning qatnov qismini istagan joyidan kesib ötişlariga olib kelişi mumkin.
Haydovçilar uçun bu kabi noqulayliklarning oldini oliş maqsadida keyinçalik köçalarning trotuarlar bilan tutaş qismlari temir panjaralar bilan tösilişi rejalaştirilmoqda. Toşkent ŞIIBB YHXB boşliği, polkovnik Barat Mamenov Boş prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil media markazida bölib ötgan matbuot anjumanida şu haqda ma'lum qildi.
Bundan taşqari, piyodalar ötiş joylariga, xususan piyodalar iştirokidagi YTHlar köp sodir bölayotgan Amir Temur şohköçasi kabi yöllardagi piyodalar ötiş joylariga kameralar örnatilişi belgilanmoqda. Şu bilan birga, xorijiy va MDH davlatlari tajribasi örganilib, respublika böylab aholi yaşaş punktlarida eng yuqori tezlik soatiga 60 km etib belgilanişi kutilmoqda.
“Bu borada takliflar bildirilgan, ayni vaqtda u tegişli idoralar tomonidan örganilmoqda”, - dedi Barat Mamenov.












