Jurnalist Bobomurod Abdullayev va uning şeriklari sifatida gumonlanayotgan sudlanuvçilarga nisbatan olib borilayotgan sud işida advokat Mayorovning navbatdagi iltimosi ham qanoatlantirildi. Bu haqda sud majlisida iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, sudlanuvçi Abdullayevni himoya qilayotgan advokat Mayorov tergov-suriştiruv davrida tayyorlangan sud ekspertiza xulosasini qayta tayyorlaş böyiça sudga iltimosnoma taqdim etgandi.
Sudlanuvçi Abdullayevning fikriça, sud işini körib çiqişda yuritilayotgan hujjatlar jildidagi maqolalar mazmunan özgartirilgan, ularning barçasi «Usmon Haqnazarov» taxallusi ostida maqolalarni yozgan Bobomurod Abdullayev qalamiga mansub emas. Şu tufayli sud ekspertizasini qayta tayinlaş öta muhim vazifa sanaladi.
Ma'lumot uçun, sudya Zafar Nurmatov sud ekspertizasini qayta tayinlaşni qanoatlantirib, mualliflikni aniqlaş, siyosiy mohiyatini tahlil qiliş va lingvistik tekşiruv ötkazilişi uçun mutaxassislar, jumladan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xodimlari ham jalb etilişini bildirdi.
Eslatib ötamiz, ötgan sud majlisida davlat ayblovçisi B.Qobilov sud işi jildidagi hujjatlarga tikilgan maqolalarga özgartiriş kiritilmaganini namoyişkorona isbotlab, «Özbekiston xalq harakati» saytida e'lon qilingan maqolalar biroz muddatdan söng tahrir qilinganini aytgandi. Ya'ni jildga tikilgan maqola nusxasi saytda e'lon qilingan maqoladan farqlanayotgandi. Axborot xavfsizligi sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassis J.Qalandarov uşbu vaziyatga oydinlik kiritib, saytdagi maqolaning asl holatini tiklaşga muvaffaq böldi.
Sudlanuvçi Bobomurod Abdullayev esa bu turdagi özgarişlarga uning aloqasi yöqligi, yetti oydan buyon hibsda saqlanayotganini ma'lum qilgandi. Şunga qaramay, Bobomurod Abdullayev saytlarda «Usmon Haqnazarov» taxallusi bilan e'lon qilingan barça maqolalar unga tegişli emasligini qayta-qayta takrorlamoqda.
Endilikda barçasi sud ekspertizasi yakuniga yetgaç ma'lum böladi. Keyingi sud majlisi 2018 yil 25 aprel kuni davom ettiriladi.












