Ispaniyalik tennisçi Rafael Nadal 11-marta Monte-Karlodagi «Masters» turnirida zafar quçdi. Turnirning birinçi raqamli tennisçisi finalda Yaponiya vakili Keya Nisikori ustidan 6:3, 6:2 hisoblarida ğolib keldi. 

Grunt kortda uşbu bahs 1 soatu 34 daqiqa davom etdi. Nadal 1ta eys zarbani amalga oşirdi, 2 marta qöşxatoga yöl qöydi va 4 marta raqib töp oşirganda ğolib keldi. Nisikori esa bir marta eys zarba berdi, 2 marta qöş xatoga yöl qöydi, 1 marta breyk-poyntni qöldan çiqardi. 

Ispaniyalik tennisçi öz faoliyatida 76-titulni, joriy yilda birinçisini qölga kiritdi.Nadal uşbu ğalaba evaziga dunyoning birinçi raqamli raketkaçisi maqomini saqlab qoldi.

Foto: AFP