Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ötgan yil davomida 9ta davlatga, xususan 16 marta turli darajadagi taşriflarni amalga oşirdi. Özbekiston yetakçisining ilk rasmiy taşrifi bundan 13 oy avval, Turkmanistonga bölgandi.
Şundan söng, Ostona va Moskvaga rasmiy taşrifni amalga oşirgan Şavkat Mirziyoyev 2017 yilda Xitoy, Saudiya Arabistoni va AQŞda ham böldi.

Joriy yilda Şavkat Mirziyoyevning ilk rasmiy taşrifi 9-10 mart kunlari Tojikiston Respublikasiga böldi. Oradan beş kun ötib, Özbekiston Respublikasi prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining noformal maslahatlaşuv yiğilişida iştirok etiş uçun Ostonaga uçib ketdi.

Ozarboyjonning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Huseyn Guliyevning xabar berişiça, taxminan may oyining ikkinçi yarmida Şavkat Mirziyoyevning Bokuga taşrifi kutilmoqda.
«Ikki davlat rahbarlarini juda yaxşi aloqalar boğlab turadi, ular bungaça bir neçta rasmiy tadbirlarda uçraşişgan, özaro fikr almaşişgan», deydi u.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston vakillari Bokuda neft va gaz sektorida, agro sanoat komplekslari, quriliş materiallari, oziq-ovqat sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça kelişuvlarga erişişi kutilmoqda. Şuningdek, tomonlar özaro manfaatli bölgan Boku-Tblisi-Kars yönalişidagi temir yöl loyihasi böyiça ham fikr almaşişi rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, 2017 yil 11 oktabr kuni MDH doirasida Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşgan Belarus Respublikasi prezidenti Aleksander Lukaşenkoning Toşkentga taşrifiga qizğin tayyorgarlik olib borilmoqda. U sönggi marta Özbekistonga 2016 yil 6 oktabrda taşrif buyurgandi. Şu orada mamlakatlar örtasida diplomatik munosabatlar rivojlanib, hamkorlikning yangi bosqiçi zabt etildi.

9 iyun kuni Xitoyda ŞHTga a'zo davlat rahbarlarining sammiti ötkazilişi e'lon qilingan bölib, katta ehtimol bilan uşbu sammitda Şavkat Mirzyoyevning iştiroki tasdiqlanişi kutilmoqda.











