Roskomnadzor Telegram’ni bloklaşni boşlaganidan söng, messenjerga könikib qolgan köpgina foydalanuvçilar qanday qilib bu tösiqlarni çetlab ötiş haqida öylab qolişdi. Buni amalga oşirişning köplab usullari mavjud. Bugun e'tiboringizga oddiy foydalanuvçi uçun ham qiyin bölmaydigan usulni taqdim etamiz.
Windows operatsion tizimida
Buning uçun bizga istalgan OpenVPN serverining dasturi kerak böladi. Uni quyidagi havola orqali köçirib olişingiz mumkin:
Windows: OpenVPN Windows Installer

Söngra uşbu havola orqali istalgan mamlakatdagi VPN-server sozlamalarini köçirib oliş kerak böladi. Buning uçun “Poluçit dostup”ni bosasiz va UDP yoki TCP havolasini bosib, sozlamani köçirib olasiz. Agarda brauzeringizda bannerlarni bloklaydigan kengaytmalar bölsa, ularni öçirib turiş kerak böladi. Şuningdek, VPN-serverga ulanişda muammolar yuzaga kelmasligi uçun sozlamalarni tez-tez yangilab turiş kerak.

Telegram Rossiyada bloklangani sababli, Rossiyadan boşqa mamlakat sozlamalarini köçiriş kerak böladi.

Köçirib olingan sozlamani uşbu manzilga saqlaysiz: C:\Program Files\OpenVPN\config.

Bu harakatlarni amalga oşirib bölganingizdan söng, iş stolida OpenVPN yorliği paydo böladi. Unga siçqonçaning öng tugmasini bosib, “Svoystva”ni tanlaysiz.




















