«Siyosiy partiyalar töğrisida»gi, «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Reglamenti töğrisida»gi, «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti töğrisida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov töğrisida»gi va «Xalq deputatlari mahalliy Kengaşi deputatini, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatini va Senati a'zosini çaqirib oliş töğrisida»gi Qonunlarga tuzatişlar kiritildi (18.04.2018 yildagi ÖRQ-476-son Qonun). Bu haqda Norma yozmoqda.
Partiya guruhida – kamida 3 nafar deputat
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va xalq deputatlari Kengaşlarida siyosiy partiyalar manfaatlarini ifoda etiş uçun partiya guruhlari tuzilmoqda. Aniqlaştirilişiça, ularning tarkibida kamida uç nafar – bir partiya a'zolari bölgan tegişli vakillik organiga saylangan deputat bölişi kerak.
Partiya guruhlari qöşimça huquqlarga ega bölişdi:
• hududlarni rivojlantiriş dasturlarining loyihalarini takomillaştiriş yuzasidan takliflar kiritiş;
• tuman (şahar) hokimining, şuningdek tegişli mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari mansabdor şaxslarining qoniqarsiz faoliyati töğrisida Jöqorği Kengesga, viloyat yoki Toşkent şahar hokimiga xulosa taqdim etiş.
Saylovçilar bilan muloqot – yiliga 4 marta
Endi tegişli xalq deputatlari Kengaşlari deputatlari saylovçilarni öz faoliyati töğrisida ikki marta köp ¬– yiliga kamida 4 marta xabardor qilişlari kerak (ilgari – yiliga kamida 2 marta).
Ammo ular nafaqat saylovçilarning işonçini oqlaş haqida, balki uni deputatlikka nomzod qilib körsatgan organ (siyosiy partiya) oldidagi öz majburiyatlarini bajariş töğrisida ham qayğurişlari zarur, çunki endi uning taqdimnomasiga binoan u çaqirib olinişi mumkin (ya'ni uning vakolatlarini muddatidan oldin töxtatiş). Bu Qonunçilik palatasi deputatlari va Senat a'zolariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Joylardagi işlarni deputatlar vakillari taşkil etadi
Siyosiy partiya Oliy Majlis Qonunçilik palatasining deputati bilan kelişilgan holda partiyaning tegişli saylov okrugidagi hududiy bölimi xodimlari orasidan (jamoatçilik asosida) vakil tayinlaşi mumkin.












