2018 yilning 23 aprel kuni Pekin şahrida taşrif bilan bölib turgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Suşma Svaraj bilan uçraşdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Bölib ötgan suhbat davomida tomonlar Özbekiston-Hindiston kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildi va özaro munosabatlardagi yangi dinamika va ijobiy tendensiyalarni ta'kidlab ötdi. 2017 yil natijalariga köra ikki tomonlama savdo hajmi 323,6 million AQŞ dollarini taşkil etdi. Bu beş yil avvalgi körsatkiçdan deyarli ikki barobar köp.
Vazirlar Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Hindistonga bölajak davlat taşrifiga tayyorgarlik borasida fikr almaşib, uning ijobiy yakunlanişidan ikkala tomon ham manfaatdor ekanligini tasdiqlab ötişdi.
Uçraşuvda Taşqi işlar vazirliklari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi raundi, Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiya, Terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça qöşma işçi guruhi majlislarini ötkaziş böyiça takliflar körib çiqildi.
Hindiston TIV rahbari Özbekistonni 2018 yilning 26-27 mart kunlari Toşkent şahrida bölib ötgan Afğoniston böyiça «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaning natijalari bilan tabrikladi va Hindiston tomonining yakuniy Toşkent deklaratsiyasini amalga oşirişga ijobiy hissa qöşişga tayyorligini tasdiqladi.
Taşqi siyosat idoralari rahbarlari şu kuni işni boşlayotgan Şanxay hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşi majlislarining kun tartibini muhokama qilişdi. Aytiş joizki Hindiston delegatsiyasi ŞHT TIVK tarkibida birinçi marotaba töla huquqli a'zo sifatida qatnaşyapti.











