Brent navidagi neft narxi 2014 yil 26 noyabrdan beri ilk bor 75 dollardan oşdi. 23 aprel keçki vaqt uning narxi 1,34 foizga kötarilib, bir barrreli uçun 75,04 dollarni, WTI nefti narxi esa 68,97 dollarni taşkil qilgan.
Neft narxi oşişiga Yaqin Şarqdagi vaziyatning keskinlaşişi, jumladan Yaman oliy siyosiy kengaşi rahbari Saloh as-Samadning Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuçlari bergan aviazarbalari oqibatida halok bölişi haqidagi yangilik ta'sir körsatgan.
Şuningdek, 23 aprelda Saudiya Arabistoni 2018 yil fevralda neft qazib oliş hajmi böyiça Rossiyadan ötib ketgani ma'lum qilindi. Rossiya kuniga 9,533 mln barrel neft olib, 11 oy 1-örinni egallab kelgan. Fevralda esa Saudiya Arabistonining neft oliş hajmi kuniga 9,982 mln barrelga yetgan va bu unga neft qazib oliş böyiça dunyoda 1-öringa çiqib olişga imkon bergan.












