Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi rasmiy saytida JÇ-218 öyinlariga qanday qilib taşrif buyuriş mumkinligi borasida maslahatlar çop etildi.

Unda qayd etilişiça, Rossiya qonunçiligiga köra, sport musobaqalariga taşrif buyuriş uçun viza oliş şart bölmaydi. Bunday vaziyatda jahon çempionatiga taşrif buyuriş istagida bölgan muxlislar ID-kartasini (muxlis pasporti) taqdim qilişi yoki jahon çempionati uçraşuviga kiriş uçun çiqarilgan çiptani sotib olgani töğrisida elektron hujjatni körsatişi kerak böladi. Bu haqda töliq ma'lumot www.FAN-ID.ru saytida e'lon qilingan.

Özbekiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududida har 180 kunning 90 kunida vizasiz yura olişi mumkin.

Rossiyaga vizasiz taşrif buyuruvçi muxlislar ID-kartasi (muxlis pasporti) yoki jahon çempionati uçraşuviga kiriş uçun çiqarilgan çiptani sotib olgani töğrisida elektron hujjat bilan mamlakatga öyin boşlanişidan 10 kun oldin kelişi va final uçraşuvi ötkazilgandan 10 kun davomida mamlakat hududidan çiqib ketişi mumkin böladi.

Rossiya Federatsiyasiga avtomobil orqali kelişni istagan xorij fuqarolari faqatgina xalqaro transport qatnovi ruxsat berilgan çegara postlari orqali kirib kelişlari mumkin böladi.

Özbekiston fuqarolari muxlislar pasportini Rossiya Federatsiyasining maxsus statsionar markazlaridan ham olişi mumkin.

Çet el fuqarosining pasporti muxlis pasporti amal qiliş muddatidan (2018 yil 25 iyulgaça) kam bölmasligiga alohida e'tibor qaratiş lozim, agar amal qiliş muddati bundan oldinroq tugaydigan pasport egalariga muxlis pasporti rasmiylaştirilmaydi.

Muxlis pasporti nima? Quyidagi skrinşotlar orqali bu haqida ma'lumot oliş mumkin böladi:

Muxlis pasportini qanday qilib oliş mumkin?