Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov respublika hududida BMT şafe'ligida Afğoniston muammosi böyiça muloqot ötkaziş uçun maydon ajratişga tayyor. Bu haqda Turkmaniston rahbari Toşkentda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan ötkazilgan muzokaralardan keyingi çiqişi vaqtida aytib ötdi.
«Turkmaniston betaraf davlat sifatida Afğoniston muammosini hal etişga qaratilgan, BMT şafe'ligi ostidagi muloqot uçun siyosiy maydon taqdim etişga tayyor», degan Berdimuhamedov.
Özbekistonga taşrifi doirasida Turkmaniston rahbari Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv vaqtida Afğoniston masalasiga alohida töxtaldi. U mintaqada iqtisodiy integratsiya va iqtisodiy jarayonlar uçun tinçlik muhim ahamiyatga egaligini ta'kidlab ötgan.
Turkmaniston rahbari «Turkmaniston-Afğoniston – Pokiston – Hindiston» (TAPI) transmilliy gaz quvuri loyihasi, «Turkmaniston – Afğoniston – Pokiston«» elektr uzatiş va optik-tolali aloqa liniyalari hamda «Serxetabat – Turgundi» temir yöli qurilişi ahamiyati»ni qayd etib ötgan.
Fevral oyi oxirida «Kobul jarayoni» xalqaro konferensiyasida Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani çiqiş qilib, tolibonlar bilan heç qanday şartlarsiz muzokaralar boşlaş taşabbusini bildirgandi. U «Tolibon» harakati qonuniy tarzda siyosiy kuç sifatida Kobulda öz vakolatxonasiga ega bölişi mumkinligini bildirgandi.
Afğoniston böyiça maslahatlaşuvlarda Afğoniston, Hindiston, Eron, Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston qatorida Özbekiston va Turkmaniston ham iştirok etadi.
Ammo «Tolibon» takliflarni rad etgan, bundan taşqari, tolibonlar şu yilning oktabriga belgilangan parlament saylovlarida iştirok etişdan boş tortişgan. Ular mamlakatda minglab xorijlik harbiylar borligi holatida erkin saylovlar ötkazib bölmaydi deb hisoblaşmoqda.












