Şavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Toşkentdagi Maxtumquli köçasiga taşrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Toşkentning markaziy köçalaridan biriga buyuk turkman şoirining nomi berilgan edi. Bu yerda sölim xiyobon barpo etilib, atrofi yanada obod qilindi. Köça boşida Maxtumquliga monument örnatildi.
Davlat rahbarlari mazkur yodgorlik poyiga gullar qöydi.


Şavkat Mirziyoyev monumentning mazmun-mohiyati, bu yerda amalga oşirilgan işlar haqida sözlab berdi.
Yaxlit ansamblga aylangan bu maskan Gurbanguli Berdimuhamedovda katta taassurot qoldirdi. Turkman xalqi, adabiyoti va madaniyatiga körsatgan hurmati uçun Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.










