Duşanbe şahri ma'muriyati 2018 yilning 1 mayiga qadar şahar köçalaridan barça «Starekslarni» olib taşlaydi va ularni avtobus hamda trolleybuslar bilan butunlay almaştiradi.
Ayni damda «Starekslar» 13, 25, 28, 8, 2-yönalişlardan olindi. «Starekslar» haydovçilari işsiz qolmaydi, ular yölovçilarni şahar atrofidagi tumanlar yönalişida taşiydi.
«Biz barça «Starekslarni» şahar köçalaridan oliş böyiça 1 mayga qadar muddat berdik. Ular şahar atrofidagi transport yönalişlariga ötkaziladi», - deya xabar bergan «AP» Duşanbe hokimiyatining transport bölimidagi manbaga asosan.
Uning sözlariga köra, ayni damda şaharda yölovçilarni manziliga yetkaziş uçun 200dan ortiq yangi avtobuslar qöyilgan. Yölovçilar "Mersedes-Sprinter" markali mikroavtobuslarda ham taşiladi. Biroq yil oxirigaça ular ham şahar köçalaridan olib taşlanadi.
«Duşanbe uçun yana 100ta yangi avtobus sotib olindi, yaqin orada ular ham Duşanbe transport yönalişlarida qatnay boşlaydi. Hozir şaharda 2 mingdan ortiq mikroavtobuslar yölovçilarni taşimoqda. Yil oxiriga qadar biz ularni 8ga 1 böyiça almaştirmoqçimiz – ya'ni, biz 8ta mikroavtobusni bitta avtobus yoki trolleybusga almaştiramiz», - degan manba.












