Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Özbekistonga amalga oşirgan davlat taşrifi nihoyasiga yetdi.

Qöşni davlat rahbari Toşkentga 23 aprel kuni keldi. U dastlab Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan tor va keng doirada muzokaralar ötkazdi. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat örtasida 17ta hujjat imzolandi, oliy öquv yurtlari örtasida va axborot-kommunikatsiya sohalarida 15ta hujjat qabul qilindi. 

Kun davomida prezidentlar Mustaqillik va ezgulik monumenti hamda Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov haykalini ziyorat qilişdi, Toşkent şahridagi Maxtumquli köçasiga, Yaşnobod tumanidagi Aşxobod sayilgohiga taşrif buyurişdi.

Taşrif 24 aprel kuni davom etdi. Bugun prezidentlar Turkmaniston bilan çegaradoş Xorazm viloyatida bölişdi. Bu yerda ular Özbek-turkman döstlik uyida bölişdi, Xivadagi tarixiy obidalarni ziyorat qilişdi, taşrif madaniy qism bilan yakunlandi.

Turkmaniston prezidenti şu tariqa taşrifni yakunlab, öz yurtiga jönab ketdi.