Joriy Çempionlar ligasining 2-yarimfinali 1-uçraşuvida “Bavariya” öz maydonida Madridning “Real”iga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uçraşuvda hisobni 28-daqiqada “Bavariya” öyinçisi Kimmix oçdi. Madridliklar bu golga 44-daqiqada Marselo va 57-daqiqada Asensioning gollari bilan javob berişdi.
“Real”ning braziliyalik himoyaçisi Marseloning uşbu goli u uçun Çempionlar ligasi pley-off bosqiçi uçraşuvlaridagi 7-goli böldi. U bu borada jamoadoşi Serxio Ramosni ortda qoldirib (6 ta gol), himoyaçilar orasida bu borada eng yaxşi töpurarga aylandi.












