Telegram’ni bloklaş messenjerga Rossiyada işlab turiş uçun kömak berayotgan Amerika IT-gigantlariga qarşi turişga aylanib ketdi, degan çorşanba kuni Roskomnadzor rahbari örinbosari Vadim Subbotin Telegram bloklanişi ortidan jabr çekkan biznes vakillari bilan uçraşuvda.
«Ayni paytda ham Amazon, ham Google va bir qator kompaniyalar Rossiya qonunçiligini bajarişdan boş tortişmoqda. Sirasini aytganda, ayni paytda Roskomnadzor Telegram bilan olişmayapti, Roskomnadzor hozir Telegram’ni öz ortiga bekitayotgan dunyoning yirik IT gigantlari bilan qarama-qarşilik maydoniga çiqdi», — degan Subbotin.
U bloklaşga tuşib qolgan tarmoq ostidan foydalangan Rossiya taşkilotlari uçun Amerika kompaniyalaridan ijobiy şart-şaroitlar oliş uçun harakat olib borilayotganini ta'kidlab ötdi. Subbotin muzokaralar Rossiya uçun xayrli yakunlanişidan umid qilayotganini aytib ötdi. «Biz özaro hamkorlik böyiça ijobiy natijalarni kutmoqdamiz», — dedi u.
Google va Amazon manfaatlari
«Amazon ham, Google ham va boşqa provayderlar ham Telegram uçun aynan qaysi IP diapazon ajratilganligini, u qaysi tarmoq ostida joylaşgani, bu IP-manzillarni qanday ixotalaş mumkinligini va Rossiya hududida aloqa operatorlari ularni texnik jihatdan bloklaşi uçun nimalar qilinişi kerakligini juda yaxşi bilişadi», — dedi u.
Uning hisoblaşiça, ayni paytda mazkur kompaniyaning siyosiy manfaatlari tijoriy foydadan köra ustunroq bölib turibdi. «Amerika kompaniyalari uçun birinçi navbatda siyosat emas, biznes manfaatlar muhim deb hisoblayman. Lekin hanuzgaça ham Apple, ham Google, ham Amazon siyosiy nyuanslarni saqlab turganini tuşunmayman», — deya ta'kidlagan u.
Subbotinning aytişiça, siyosiy nişonalar App Store va Google Play onlayn dökonlaridan ilovalarning öçirib yuborilişida ham közga taşlanmoqda. Subbotin Roskomnadzorning Telegram ilovalarini onlayn dökonlardan öçiriş talabi kompaniyalarning oliy rahbariyati darajasida körib çiqilayotganidan xabardor ekanligini aytdi.
Bloklaş haqida ogohlantiriş
Subbotin Amazon va Google’ning tarmoq ostlarini bloklaşdan avval Roskomnadzor Rossiya sudining qarorini ixtiyoriy bajariş va Rossiyada Telegram’ga ulanişni ixtiyoriy ravişda çeklaş yuzasidan kompaniyalar bilan muzokaralar ötkazgan.
«Men şaxsan özim Google va Amazon vakillari bilan har kuni sözlaşib turdim. Tarmoq ostilarini bloklaş haqidagi qarorni qabul qilişdan avval biz kompaniyalarga Rossiya sudining qarorini risoladagidek bajarişni taklif qildik», — dedi u.














