Özbekiston Respublikasi Konstitutsion tuzumiga tajovuz qiliş va amaldagi hukumatni noqonuniy ağdariş kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayev, blogger va öqituvçi Hayotxon Nasriddinov hamda ikki nafar işbilarmonlar ustidan olib borilayotgan sud işi 25 aprel kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi binosida davom ettirildi.
Sud majlisida iştirok etgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, sudlanuvçi Abdullayevni himoya qilayotgan advokat Mayorov sudga bir neçta banddan iborat iltimosnomalar kiritdi. Ulardan birida Bobomurod Abdullayevni 2017 yil sentabrda MXX Tergov boşqarmasi binosiga öz xohişi bilan kelgani, guvoh Abdullayevning ham öz istagiga köra kelganini isbotlovçi video lavha taqdim etilmagani evaziga, ularning binoga taşrif buyuruvçilarni röyxatga oliş kitobiga tegişli tartibda qayd etilgani haqida kitobdan köçirma sudda taqdim etilişi söraldi.
Davlat ayblovçi B.Qobilov suddan uşbu iltimosnomani qanoatlantirmasligini iltimos qildi.
“Ayni paytda uşbu taşkilot faoliyati yopiq hisoblanadi. Unga taşrif buyuruvçi şaxslar, xodimlar va boşqalarga tegişli şaxsiy ma'lumotlar aks etgan qaydnomani sudga taqdim etişning imkoni yöq. Şuningdek, maxfiy xizmat faoliyatida yuritiladigan har qanday hujjat maxfiy hisoblanadi”, deydi prokuror.
Sudya Zafar Nurmatov maslahatlaşuvdan söng advokatning iltimosnomasini qanoatlantirmasdan qoldiriş haqida ajrim çiqardi. Bundan taşqari, advokat Mayorov özining himoyasida bölgan Bobomurod Abdullayevni ötkazilişi kutilayotgan ekspertiza jarayonida iştirok etişini sörab sudga iltimosnoma kiritdi.
Sudya Zafar Nurmatov bu gal iltimosnomani qanoatlantirib, sudlanuvçi Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 179-moddasida nazarda tutilgan huquqlarga ega ekani haqida gapirib ötdi.
Ma'lumot uçun, ta'kidlangan modda böyiça sudlanuvçi bir neçta sanab ötilgan bandlardan taşqari ekspertiza ötkazilayotganda suriştiruvçi, tergovçi, sudning ruxsati bilan hozir böliş, ekspertdan tekşiruv vaqtida qöllayotgan usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tuşuntirib berişni talab qiliş, ekspertga tuşuntirişlar beriş huquqiga ega böladi.
Sud majlisi 30 aprel kuni davom ettiriladi.












