Telegram va Rossiya hukumati örtasida messenjerning şifrlaş kalitlarini beriş masalasida murosaga kelinişi dargumon, çunki messenjerlar bunday imkoniyatga ega emaslar, deb aytgan Telegram asosçisi Pavel Durov.

Roskomnadzor 16 aprelda sud qarori bilan Rossiyada Telegram Federal xavfsizlik xizmatiga şifrlaş kalitlarini bermagani uçun  uni bloklaşni boşlagan. 

“Köpçilik biror murosaga keliş imkoni bormi?” deb söraydi. Fikrimça, dargumon. Foydalanuvçilar yozişmalarini şifrlaş uçun kalitlarni na Telegram, na boşqa messenjerlar bera oladi. Bu 2018 yildagi şifrlaşning texnik xususiyatlari bilan boğlangan”, deb aytgan Durov.