Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ötkazilgan xatlovlar natijasiga köra, 440 km avtomobil yöllarda kapital ta'mirlaş va 2161 km yöllarda joriy ta'mirlaş işlarini olib boriş rejalaştirilgani haqida gapirib ma'lumot berdi. Davlat rahbari bu haqda 26 aprel kuni taşkillaştirilgan videoselektor yiğilişida ma'lum qilgan.

«​Bugungi kunda kapital ta'mirlanadigan yöllarni loyihalaştiriş, joriy ta'mirlanadigan yöllarni baholaş işlari amalga oşirilmoqda. Avtomobil yöllar davlat qömitasi (Abduvaliyev) bir hafta muddat içida barça qişloqlardagi yöllarni (Inventarizatsiyadan ötgan 368ta manzil nazarda tutilmoqda - tahr.) ta'mirlaş va yöl atrofini obodonlaştiriş işlariga tayyorgarlikni töliq yakunlab, işlarni boşlaş lozim.

Bitta narsani aytişimiz kerak, hamma yerni asfalt qila olmaymiz. Qirq yilda qilinmagan işlar bir yilda bajarilmaydi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, asfaltdan asta voz keçişimiz kerak. Muqobil tanlov sifatida beton yöllarni tanlaymiz»​, deydi prezident.

Şavkat Mirziyoyev qömita raisiga topşiriq berarkan, tor yöllar çetidagi lotoklar samarasiz vositaga aylanib borayotganini ta'kidladi.

«Suv yöq, tabiatning özida suv qolmagan. Tor yölda lotok nima qilsin», deb aytadi davlat rahbari.