Samarqand viloyatida payşanba kunlari ötkazib kelinayotgan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» tadbirlari davomida viloyat hududida hafta davomida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar hamda ularning kelib çiqiş sabablari va şart-şaroitlari yuzasidan aholi örtasida muntazam muhokamalar ötkazilmoqda, deb xabar beradi KUN.UZ’ga viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi.
Huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş maqsadida jinoyat sodir etib, sud tomonidan tayinlangan jazoni ötaşdan böyin tovlab yurgan şaxslarning işlari sayyor sudlarda körilib, ularga nisbatan tegişli tartibda çoralar qöllanilmoqda.
Jumladan, navbatdagi tadbir davomida Samarqand tumanidagi Xöja Ahrori Vali nomidagi mahalla binosida jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan ötkazilgan sayyor sud majlisida ozodlikdan çeklaş jazosini ötaşdan böyin tovlab kelayotgan mahkum Ş.Zayniddinovaning ötalmay qolgan 2 yilu 2 oy-u 19 kunlik jazosi şu muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosiga almaştirildi.

Şuningdek, axloq tuzatiş işi jazosini ötaşdan böyin tovlab kelayotgan mahkum Z.Aliqulovning ötalmay qolgan 11 oy-u 6 kunlik jazosi şu muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosiga almaştirildi.
Samarqand şahar sudi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 228, 168, 139-moddalarida körsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilgan, Pastdarğom tumanida yaşovçi mahkum X.Murodov sud tomonidan belgilangan 3 yil ozodlikdan çeklaş jazosini ötaşdan böyin tovlab kelayotganligi sababli, uning ötalmay qolgan 1 yilu 8 oylik jazosi şu muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga almaştirildi.











