Xitoylik olimlar Tibet toğligida yoğingarçilik miqdorini yiliga 10 mlrd kubmetrgaça oşirişmoqçi. “Tyanxe” loyihasi doirasida toğlarda atmosferaga yomğir hosil qiluvçi reagent hisoblanuvçi kumuş iodidi zarralarini çiqaradigan ön minglab kamera örnatiladi. Bu sun'iy yomğir hosil qiliş böyiça dunyodagi eng katta tajriba böladi.
Olimlar 1,6 mln kvadrat kilometr maydon ustida yomğir çaqirişga muvaffaq bölişlariga umid qilmoqdalar. Yomğir körinişida tuşadigan suv hajmi Xitoyda yiliga iste'mol qilinuvçi umumiy içimlik suvining 7 foiziga teng böladi. Yomğir hosil qiluvçi tizimlarning dastlabki sinovlari Tibet, Sintszyan va boşqa toğli hududlarda ötkazilgan va u yerlarda 500 ga yaqin kamera örnatilgan.
Tizim bulutlarning fazaviy holatini özgartiriş uçun atmosferaga maxsus reagentlar çiqarilganda bulutlar çaqiriş uçun möljallangan. Bunda suv buği köp miqdorda bölgan havo massalarida kristallaşuv markazlari hosil böladi, bu esa yoğingarçilikni keltirib çiqaradi. Kumuş iodidi kristall strukturasi muzni eslatgani sababli, bu moddaning hattoki kiçik miqdori suv tomçilarining kuçli kondensatsiyasini hosil qiladi.












