Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In 27 aprelda Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In bilan ötgan sammitda ikki davlatdagi vaqtni yagona standartga keltiriş istagini bildirdi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati vakili Yun Yon Çxan matbuot anjumanda ma'lum qildi.
Hozirda Şimoliy Koreyadagi vaqt Janubiy Koreyadagidan 30 daqiqa ortda qoladi.
“Men uçun Tinçlik uyi devorida biri Seul vaqti, ikkinçisi esa Pxenyan vaqti uçun osilib turgan ikkita soatni köriş juda qayğulidir. Biz vaqt standartlarini özgartirganimiz uçun endi boşlanğiç vaqtga qaytamiz. Bu haqda e'lon qilişingiz mumkin”, deb aytgan Kim Çen In. Uning sözlarini Yun Yon Çxan keltirib ötdi.














