Rossiyada taqiqlangan IP-adreslar röyxatidan Amazon va OVH SAS tarmoqostidan 3 mln IP-adres çiqarildi. Şu tariqa bloklab qöyilgan IP-adreslarning umumiy soni 18 mln.dan 15 mln.gaça kamaygan.
Roskomnadzor xorijiy xosting-provayderlarning uçta tarmoqostini bloklaşdan çiqarganini tasdiqlagan. Roskomnadzor şu tariqa töğri işlovçi internet-resurslarga kirişni çeklaşdan qoçmoqçi.
“Telegram’ning bu tarmoqostilar tarkibida bölgan IP-adreslari töliq örnatildi va bloklanmoqda. Şu sababli tarmoqostilar bloklaşdan çiqarilişi messenjerga putur yetkaziş darajasiga ta'sir qilmaydi”, deyilgan Roskomnadzorda.
Roskomnadzor xuddi şu usulni qolgan tarmoqostilarga qöllamoqçi.
Roskomnadzor 16 apreldan Rossiyada Telegram’ni bloklamoqda. Messenjer bloklaşni çetlab ötiş uçun muntazam “manzili”ni özgartirmoqda: buning uçun Amazon Web Services, Google Cloud, Microsoft Azure va boşqa bulutli xizmatlar IP-adreslarini qöllamoqda. Şundan keyin Roskomnadzor bu provayderlarning IP-adreslarini ommaviy bloklaşni boşlagan.
Roskomnadzorda aytilişiça, bloklaşlar xorijiy provayderlar Telegram’ga böş IP-adreslarni taqdim qilişni töxtatmagunça davom etadi. Amazon va Google hozirça Roskomnadzor bilan hamkorlik qilişni lozim topmayapti.














