Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tvitterdagi sahifasida samolyotdan qisqaça videoni joylaştirdi, uning davomida u Avstraliyaga parvozdan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qönğiroq qiladi.
"Vladimir Putin bilan telefon muloqoti ötkazdim, bu vaziyatni yana bir bor baholaş uçun kerak edi. Eron heç qaçon yadro quroliga egalik qilişi kerak emas. Mintaqadagi barqarorlik va xalqaro xavfsizlik şunga boğliq. Biz buning ustida işlamoqdamiz, bu xuddi Suriyada adolatli tinçlik örnatiş ustidagi işga öxşaş", - deya yozgan Fransiya prezidenti tvitterda fransuz va ingliz tilida.
Makron Avstraliyaga jönab ketişidan avval Putinga qönğiroq qilayotgani tasvirlangan videoni ham e'lon qildi.
Kreml matbuot xizmati ham bu borada xabar tarqatdi. Qayd etilişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqotda Eron yadroviy kelişuvini muhokama qilgan.











