«Men boş vazir örinbosari [Suhrob] Xolmurodovga va boş vazirning boşqa örinbosarlariga, vazirlarga Özbekistonda öz biznesini rivojlantiriş istagini bildirgan turkiyalik barça tadbirkorlarni töliq qöllab-quvvatlaş va ularning har tomonlama rivojlanişiga kömak beriş böyiça zarur körsatma va topşiriqlarni berganman», – dedi Ş.Mirziyoyev 30 aprel kuni Toşkentda ötgan Özbekiston – Turkiya biznes forumida.
«Bu turganlarning (boş vazir örinbosarlari va tegişli vazirliklar rahbarlari) hammasi sizlarga xizmat körsatadi, imkon va şaroit yaratadi. Ana şundagina bizda natija böladi. Nega desangiz, bir zamonlar ötdi, hamma kabinetida ötirib, oyoği [uçi] bilan körsatib, [tadbirkorlarni] qabul qilmasdan yurgan zamonlar endi Özbekistonning tarixida qoldi. Bundan buyoği biz sizlarga xizmat qilamiz. Agar biz sizlarni işontiramiz desak, ayni paytda Özbekistonda ötkazilayotgan islohotlarga salgina işonsalaringiz, bular xiyonat qilmasligi kerak. Yana bir marta takrorlayman: Turkiya işbilarmonlariga nisbatan qilingan xiyonatni davlat siyosatiga xiyonat ölaroq, deb baholayman», – dedi Mirziyoyev.
Eslatib ötamiz, Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Özbekistonda davlat taşrifi bilan bölib turibdi. Taşrif tafsilotlari bilan uşbu havolada tanişişingiz mumkin.


















