Özbekiston Respublikasi Prezidenti Sirdaryo viloyatida ötkazilgan yiğilişda «Oçiği, bu menda nafrat uyğotmoqda, öqituvçilarni majburlab obodonlaştiriş, köça supurişga jalb etiş —  bu biz olib borayotgan siyosatga xiyonat. Bu nafaqat menga, balki davlatimiz olib borayotgan siyosatga xiyonatdir», degandi. Bundan sanoqli kunlar ötişi bilan hukumat rahbari, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov ham qat'iy siyosiy iroda bildirdi: majburiy mehnat va byudjyet taşkiloti xodimlarini noqonuniy işlarga jalb etişga yöq deymiz! 

Ana şu sözlarga javoban Surxondaryo viloyati Şörçi tumani Tibbiyot birlaşmasi tuğuruq bölimida işlovçi xodimlarga 20 kilogramm metallolom va 4 kilodan makulatura topib keliş topşirildi. Kimki, metallolom va makulatura topib kelolmasa, marhamat, pulini tölaşi mumkin. 

Kun.uz axborot manbasining xabar berişiça, 1 kilo  metallolom  uçun 1 000 söm, makulaturaning kilosi  uçun 1 500 sömdan tölansa, majburiyat topşirilgan hisob.  Metallolom  va makulatura topşirganlarning qöliga imzo qöyilgan qoğozça berilmoqda.

«​Bunday noqonuniy topşiriqdan norozilar köp, ammo kimdir biror jurnalistgami, «​begona»​largami, oğzidan gullab qöysa, hodisalarni «şamollatsa»​ holiga voy: birlaşmaning muvaqqat rahbari Çori Yöldoşevning qahriga uçraydi. «​Har qanday yöl bilan bölmasin, işingdan xato topaman. Bilaman, hammangning qöling qinğir, boşqarmaning özi kovuşingni töğirlaydi»,​ debdi rahbarimiz xodimlarga sekingina»​, deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan şifokor.

«​2017 yil 22 sentabr kuni Tibbiyot birlaşmasining tuğuruq bölimi mudiri Abdurahmon Poyonovning topşiriği bilan 9 nafar hamşira paxta terimiga çiqarilgandi. Katta hamşiralardan biri mudirning bu noqonuniy topşiriği haqida jurnalist tanişiga aytgan ekan. Töpolonlarning boşida Surxondaryo viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasining özi turdi. Hamşiralar daladan qaytarildi, ammo oğzi böş hamşiraning ham tanobini tortişdi-da»​,  deydi yana boşqa şifokor.

Ma'lumot uçun, Abdurahmon Poyonov boşçiligidagi Şörçi tuman Tibbiyot birlaşmasining tuğuruq bölimi​da 189 nafar xodim, 17 nafar şifokor işlaydi. Ulardan söralayotgan temir-tersak muassasa oşxonasining yonida joylaşgan omborda qabul qilinayotgani ma'lum qilindi.​