30 aprel kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan sudlanuvçilar B. Abdullayev, H. Nasriddinov, Ş. Olloyorov va R. Salayevlarga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sudning navbatdagi majlisi bölib ötdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, sudya Zafar Nurmatov tomonidan tayinlangan qayta ötkazilgan sud ekspertiza xulosasi oçiq sud majlisida barçaga öqib eşittirildi. Unga köra, davlat sud-eksperti Pitirimova maqolalar "Özbekiston xalq harakati" rahbari Muhammad Solih bilan hammualliflikda yozilgani, ammo qaysi matn kimga tegişli ekanini ayta olmasligini ta'kidladi. Şuningdek, ekspertiza xulosasida qurolli ğalayonlar, adovat va uruşni keltirib çiqarişga qaratilgan çaqiriqlar kimning qalamiga mansub ekani aniqlaştirilmagan.

Sudlanuvçi Bobomurod Abdullayev esa bir neça sud majlisidan buyon 7-8ta maqola uning taxallusi bilan yozilganiga qaramay, uning ijodi emasligini ta'kidlayotganini yana bir marta aytdi. Ekspertiza xulosasiga köra, sudlanuvçi Hayotxon Nasriddinovning maqolalarga aloqasi yöq. U maqolalardan birortasiga ham muallif bölmagani bildirildi.

Şunday qilib, sudya Zafar Nurmatov mazkur iş böyiça olib borilayotgan sud majlisida sud-tergov faoliyati öz yakuniga yetganini bildirdi. Endilikda muzokara uçun tomonlarga navbat berilişi kutilmoqda. Özaro kelişuvga köra, davlat ayblovçisi birinçi boşlaşi aytildi. Sud majlisi davom etmoqda.