Janubiy Koreyaning Inçxon aeroportida işlovçi farroşga omad kulib boqdi. U çiqindi konteyneridan umumiy qiymati 327 ming AQŞ dollarini taşkil qiluvçi yetti oltin bölagini topib oldi.
Har bir oltin bölagi bir kilogrammdan gazeta içiga öralgan bölgan. Politsiya taxminlariga köra, oltinlar egasi qölga tuşmaslik uçun ularni axlatxonaga taşlagan.
Agar oltin bölaklari egalari yarim yil içida özini namoyon etmasa, barça pullarga farroş egalik qilişi mumkin, deyiladi Scmp'da.
Janubiy Koreya qonunçiligiga köra, oltin bölaklarining egasi namoyon bölgan taqdirda ham, farroş baribir topilma qiymatining 20 foizigaça foyda oliş huquqiga ega.
Biroq bordi-yu bu oltin bölaklari jinoiy yöl bilan qölga kiritilgani aniqlansa, ular heç kimga nasib etmaydi.












