Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan sudlanuvçilar Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Şavkat Olloyorov va Ravşan Salayevlar işi böyiça sud eşituvlari öz yakuniga yetmoqda. 

KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, davlat ayblovçisi Bahrom Qobilov suddan sudlanuvçi Bobomurod Abdullayevga beş yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlanişini söragan. Qolgan sudlanuvçilarga oqlov hukmi çiqariş söralgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Bobomurod Abdullayev işi böyiça yangi ekspertiza xulosasi ma'lum bölgandi.