Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 iyuldagi Qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida Toşkent şahar hokimligida joriy yilning 2 may kuni “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohiblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi Axborot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lumki “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, işlab çiqariş, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, soğliqni saqlaş, yurisprudensiya va boşqa sohalarida köp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoşidagi yurtdoşlarimiz, şuningdek, hayotini oilalar mustahkamligini saqlaş, farzandlarimizni jamiyat oldida mas'uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yoş avlod vakillariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaş işlariga bağişlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanadilar.

2018 yilda Toşkent şahridan 183 nafar hamşaharlarimiz “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan mukofotlandilar. Toşkent şahar hokimligida taqdirlanganlarning 61 nafariga mukofot tantanali tarzda topşirildi.

"Mamlakatimiz, poytaxtimiz hayotida qutluğ iş, qutluğ tadbir bölib ötdi. Butun umrini halol mehnat qilib, jamoat işlarida yaxşi xizmat körsatgan, yaxşi körsatgiçlarga erişgan bir guruh mehnat faxriylariga davlat rahbari tomonidan ta'sis etilgan “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni” topşirildi. Bunday yuksak mukofotni bayram arafasida bizga berilişi, kamtarona mehnatimizni yuksak qadrlanişi, doimiy e'tiborda bölayotganligimiz uçun prezidentimizga rahmat aytamiz", – deydi “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi, tarix fanlari nomzodi, dotsent Miralimov Şavkat Abbasoviç.










