2 may kuni Samarqand viloyatida «Hadisi şarif bilimdoni» viloyat bosqiçi bölib ötdi. Bu haqda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining matbuot xizmati ma'lum qildi.

Foto: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining matbuot xizmati

Manbaga köra, musobaqa dinimiz odoblariga binoan Qur'on tilovati bilan boşlangan. Musobaqani Samarqand viloyati boş imom xatibi Zayniddin hoji domla Eşonqulov tabrik sözi bilan oçib berib, bugungi kunda Özbekistonda diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ulkan işlar haqida gapirdi. Yaqindagina Prezident taşabbusi bilan ötkazilgan «Özbekiston Qur'on musobaqasi» tadbirlarining ham juda çiroyli tartibda va adolat bilan ötganligini ta'kidlab ötildi. "Bugun ötkazilayotgan «Hadisi şarif bilimdoni» musobaqasi ham mana şunday ezgu işlar davomi bölib, yurtimizda ilk bora taşkil etilgani barçamiz uçun quvonarli hol", dedi viloyat boş imom xatibi.

Foto: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining matbuot xizmati

Musobaqa umumiy 100 ballik tizimda baholandi.

1. Imom Buxoriy va Imom Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyatini yoritib beriş – 20 ball;

2. Berilgan hadisni şarhlab beriş (hadisi şarifni ifodali öqib, tarjima qiliş va undan olinadigan foydalarni bayon qiliş) – 30 ball;

3. Hadisi şarifni arab tilidagi matnini sahobiyning ismi bilan yoddan aytib beriş – 50 ball;

Musobaqa natijasiga köra quyidagi iştirokçilar ğolib bölişdi:

1-örin: Egamberdiyev Abdulaziz
2-örin: Mahmudov Akmal
3-örin: Baxodirov Doniyor