Human Righs Watch (HRW) taşkiloti huquq himoyaçilari Telegram messenjerining Eronda qöllanişiga taqiqlov kiritilişini “erkinlikni asossiz çeklaş” deb ataşdi.

Huquq himoyaçilarining ta’kidlaşiça, Eronda messenjerdan 40 mlndan köproq kişi foydalangan va şu sababli mamlakatdagi asosiy ijtimoiy tarmoq hisoblangan.

HRW’ning Yaqin Şarqdagi departamenti rahbari Sara Li Uitsonning aytişiça, Eron hukumati “muammolardan qoçişga harakat qilib”, ma’lumotlarga kirişga tösqinlik qilmoqda. “Senzura heç qaçon yetakçilarning harakatlariga tanqidiy qaraşdan himoyalaniş uçun qöllanişi kerakmas”, deb aytgan Uitson.

30 aprelda Tehron prokuraturasi Telegram’ni bloklaşga qaror qilgandi.