Farğona viloyatining Uçköprik tumanida 2018 yil 28 aprel kuni uç noma'lum şaxs yuzlariga niqob kiygan holda, xususiy tadbirkor, D.E.ning uyiga devordan oşib kirib, uni va turmuş örtoği N.Ş.larni qöl-oyoqlarini skotç bilan boğlab, D.E.ning öng qöl va kökrak qismini ötkir tiğli jism bilan tilib, jarohat yetkazişgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.
Uşbu şaxslar N.Ş.ning böynidan zanjirini yeçib va tumboçkasidan bir juft ziraklarini hamda hovlida turgan “Malibu” rusumli avtomaşina yukxonasidan pullarni olib voqea joyidan yaşiringanlar.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Uçköprik tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan A.X. va Qöqon şahrida yaşovçi D.Ş. hamda Beşariq tumanida yaşovçi J.P.lar sodir etganliklari aniqlanib qölga olinganlar.












