Yevropa çempionlar ligasi yarim final öyinlariga desert sifatida bugun Yevropa Ligasida finalçilar nomi aniq böladi. Har galgidan qiziqroq ötayotgan yarim finalda bu safar asosiy favoritlar özaro töqnaş keladi. Tribuna.Uz kunning ikki asosiy uçraşuviga batafsil töxtalib ötadi.

Atletiko — Arsenal (4 mayga ötar keçasi 00:05)

Foto: DYLAN MARTINEZ REUTERS

Pley-off uçraşuvlari boşlanişidan oldin köpçilik ğoliblik uçun ikki jamoa nomini körsatgandi — «Arsenal» va «Atletiko». Aynan ularga ğoliblik uçun asosiy da'vogar maqomi berilgandi. Ammo yakunda ular yarim finaldayoq töqnaş keladigan böldi. 

Inglizlar final yöllanmasini birinçi uçraşuvdayoq hal qiliş uçun juda yaxşi imkoniyatga ega bölişgandi. 80 daqiqa mobaynida bir kişi köp bölib harakat qilgan Venger şogirdlari raqibni öz jarima maydonaçasiga qamab qöygandi. Biroq şunça hujumlar, şunça imkoniyatlarga qaramay birinçi uçraşuv 1:1 hisobida tugagandi.

Foto: IAN KINGTON/AFP

Mehmonda qayd etilgan durang natijadan söng madridliklarning imkoniyati yuqori baholanmoqda. Ammo Venger hamon öz fikridan qaytayotgani yöq. Çempionlar ligasi uçraşuvlari körsatdiki, birinçi öyindagi ustunlik heç narsani anglatmayapti. Bundan taşqari «Arsenal» özining uzoq yillik murabbiyi bilan mavsum söngida munosib xayrlaşişni va heç bölmasa bitta sovrin bilan uni kuzatib qöyişni istamoqda. Jamoa buning uçun Madridda ham jon berib öynaşini kutiş mumkin. Şu ma'noda bizni Yevropa çempionlar ligasidan kam bölmagan ajoyib uçraşuv kutib turgani şubhasiz.

Öyin oldidan

«Atletiko»

Foto: CHEMA DIAZ DIARIO/AS

Milliy çempionatda jamoa ikkinçi örin uçun kuraş olib bormoqda. «Barselona» çempionlikni qölga kiritib böldi va endilikda faqatgina YeÇL yöllanmasi uçun kuraşuvçi örinlar noma'lum bölib qoldi. Madridning ikki jamoasi ham yevrokuboklarda iştirokini davom ettirayotganini hisobga olsa, «Atletiko»ning ikkinçi örinni saqlab qoliş imkoniyati yuqori.