Özbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatni demokratik yangilaş jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça maslahat kengaşi taşkil etildi.
Quyidagilar Maslahat kengaşining asosiy vazifalari etib belgilandi:
davlatning va fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni yanada jadal va har tomonlama rivojlantirişga qaratilgan sa'y-harakatlarini birlaştiruvçi zamonaviy, demokratik hamda oçiq-oşkora maydon sifatida ularning yuqori darajadagi tizimli va samarali muloqotini yölga qöyiş;
örta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda fuqarolik jamiyatini rivojlantirişning strategik yönalişlarini aniqlaş va milliy modelini şakllantiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;
fuqarolik jamiyatini va keng jamoatçilikni taşvişlantirayotgan dolzarb masalalarni muhokama qiliş, şuningdek, mazkur sektorning holati va rivojlaniş tendensiyasi haqida Özbekiston Respublikasi prezidentini muntazam ravişda xabardor qiliş;
davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligining zamonaviy mexanizmlarini, ularning faoliyatini qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş çoralarini joriy qiliş böyiça takliflar tayyorlaş;
ilmiy va ekspertlar guruhlari iştirokida fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni taşkil etiş yuzasidan taşabbus körsatiş, fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş borasidagi davlat siyosati va uning amaliy natijalari haqidagi jamoatçilik fikrini tizimli ravişda örganiş, umumlaştiriş va tahlil qilişni taşkil etiş;
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining taşkiliy-huquqiy
va iqtisodiy asoslarini takomillaştiriş, ijtimoiy şeriklik va jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş, mazkur institutlarning jamiyat boşqaruvidagi iştirokini kengaytiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş masalalari böyiça Özbekiston Respublikasi prezidentiga takliflar kiritiş;
fuqarolik jamiyatining rivojlanişini, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan hamkorligi darajasini, şuningdek, ularning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qöşayotgan hissasini baholovçi körsatkiçlarni işlab çiqiş, bu körsatkiçlar asosida davriy va maxsus, şu jumladan muqobil ma'ruzalar tayyorlanişini taşkil etiş;












