Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Olmazor tuman sudida joriy yilning 2 may sanasida sudya B.Umirov boşçiligida sudlanuvçi Javohirjon Nurmamatovga nisbatan jinoyat işi körildi.
Kun.uz muxbirining habar berişiça, J.Nurmamatov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) böyiça ayblangan.
Sudlanuvçi 2017 yil 7 noyabr kuni öziga tegişli bölmagan “Spark” rusumli, avtomaşinani boşqarib, Qora-qamiş va Şifonur köçalari çorrahasida svetoforning taqiqlovçi qizil işorasiga e'tibor bermay bir qança YHH qoidalarini buzib, Ravşan Imamov boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomaşinasi bilan töqnaşuv sodir qilgan. Natijada, R.Imamov oğir tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.
Sud davomida sudlanuvçining va vafot etgan şaxsning qonuniy vakili, fuqaroviy da'vogarining körsatmalari tinglandi. Sud'ya tomonidan işga taalluqli barça vaziyatlar tuşuntirilib ötildi. Şuningdek, mahalla fuqarolar yiğini va yoşlar ittifoqining kafillik xatlari körsatildi.
Sud barça (yengillaştiruvçi va oğirlaştiruvçi)holatlarni hisobga olib, J.Nurmamatovni Özbekiston Respublikasi JK 266 moddasining 2 qismi va şu qodeksning 45, 57-moddalarini (muayyan huquqdan mahrum qiliş, yengilroq jazo tayinlaş) qöllagan holda, uç yil muayyan huquqdan ya'ni, avtotransport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilib, iş haqining 30 foizini davlat hisobiga uşlab qoliş, şuningdek, 2 yil 6 oy muddatga ahloq tuzatiş işlari jazosi tayinlandi.
Hukmdan norozi taraflarga hukm e'lon qilingandan söng 10 kun içida apellyatsiya, 10 kundan keyin esa kassatsiya tartibida protest yoki şikoyat keltirişlari mumkinligi körsatilib ötildi.










