Yurtimizda Qur'on musobaqasidan söng ilk bor hadisi şarif böyiça bellaşuv bölib ötişi kutilmoqda. Bu haqida muslimaat.uz saytida xabar berildi.

4 may kuni ayol-qizlarimiz, 5 mayda esa erkaklar “Hadisi şarif bilimdoni” respublika tanlovida Payğambarimiz alayhissalom sözlari borasida bellaşişadi. Mazkur musobaqada ham iştirokçilar yoşi çeklangan: 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan fuqarolardan qatnaşiş uçun arizalar qabul qilingan.
Musobaqa uçta şartdan iborat bölib, birinçi şart savollari Imom Al-Buxoriy va Imom At-Termiziy hayoti hamda ilmiy faoliyatiga oiddir.
Ikkinçi şartda berilgan hadisni şarhlab beriş (hadisni tarjima qiliş va undan olinadigan foydalarni bayon qiliş) kerak.
Uçinçi şart – hadisning arab tilidagi matnini sahobiy bilan yoddan aytib beriş.
Biletda tanlab olingan hadislardan beştasining boşlaniş qismi arab tilida beriladi. Iştirokçilardan ularni davom ettirib, tarjima qilib beriş talab etiladi.










