AQŞning Kaliforniya ştatida joylaşgan Vandenberg kosmodromidan Toşkent vaqti bilan soat 16:05da Marsni tadqiq etişga möljallangan InSight zondiga ega Atlas V raketasi parvoz qildi. Parvoz jarayoni NASA tomonidan töğridan-töğri efirga uzatildi.

InSight apparati – Mars içki qatlamlarini tadqiq etiş böyiça birinçi missiya. Zond sayyorada içki jinslar va meteoritlar zarbalari harakatini ölçaş uçun seysmograf örnatadi. Şuningdek, burğilaş işlarini amalga oşiradi va turli tajribalarni ötkazadi. Bu olimlarga Qizil sayyora şakllanişi hamda rivojlanişi haqida köproq bilib oliş imkonini beradi.

Qurilma sayyoralar nomiga ega mikroçiplar bilan jihozlangan. Marsga zond noyabr oyida yetib kelişi rejalaştirilmoqda.











