4 may kuni Toşkentdagi “Ma'rifat” saroyida Toşkent şahar hokimi Şveytsariyaning “Mabetex Group” kompaniyasi prezidenti Afrim Pokolli bilan uçraşdi. Uçraşuv çoğida ikki tomonlama hamkorlik, arxitektura va quriliş işlari yuzasidan fikr almaşişdi. Hokimlik matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Tomonlar özaro muloqot çoğida Toşkent şahrida bunyod etilayotgan va kelgusida rejalaştirilayotgan yangi loyihalar töğrisida söz yuritişdi. Xususan, Afrim Pokolli Toşkent şahar hokimining taklifini ma'qullab, bir yarim oy muddatda ming nafar tomoşabinga möljallangan köp funksiyali konsert zali hamda beş yulduzlik mehmonxona loyihasini taşqi va içki körinişi mujassam bölgan taqdimotini ötkazişga va'da berdi.
Ma'lumki Şveytsariyaning “Mabetex Group” kompaniyasi 1990 yilda taşkil topgan bölib, hozirgaça dunyoning 16 rivojlangan mamlakatida öz loyihalari bilan iştirok etib kelmoqda. Kompaniyaning asosiy iş tartibida katta–katta inşootlarni quriş va rekonstruksiya qiliş, arxitektura qöllanmalarini joriy qiliş va ular ustida işlaş közda tutilgan. Olmaota şahridagi Ostona opera teatri ham “Mabetex Group” kompaniyasi loyihalari asosida qurilgan.












