Livanda 6 mayda parlament saylovlari ötkazilişi munosabati bilan mahalliy vaqt bilan soat 7.00dan mamlakatning barça hududlarida saylov uçastkalari iş olib borişni boşladi. Ovoz beriş soat 19.00gaça davom etadi.
Parlamentdagi 128 ta öringa 583 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Örinlar milliy-diniy alomat böyiça 11 guruhga taqsimlangan. Misol uçun, sunniy musulmonlar va şia musulmonlariga 27 tadan örin, maronit nasroniylarga esa 37 ta örin ajratilgan.
Livan fuqarolari 2009 yildan beri ilk bor parlament saylovlarida iştirok etmoqdalar, çunki amaldagi parlament mamlakatdagi siyosiy beqarorlik vaji ostida öz muddatini uç marta uzaytirgan.
Saylovlar ötadigan kun davomida butun mamlakat böylab kuçaytirilgan xavfsizlik çoralari köriladi. Tartibni ta'minlaşga içki işlar kuçlari bilan birgalikda armiya bölinmalari ham jalb qilingan.












