Xelsinki şahri ilk özi boşqariluvçi avtobus sotib oldi. Uning sinovlari Finlyandiya poytaxtidagi ilk uzun yönaliş Helsinki Robusline’da sinovdan ötkazilmoqda. 

Yangi yönaliş yoz boşida şaharning Kivikko tumanida joriy qilinadi. Sinovlar  “oxirgi kilometr” muammosi qanday hal qilinişini körsatadi. Unga köra, uydan yaqin bekatgaça masofa bir kilometrdan köproq bölsa, odam jamoat transportiga emas, avtomobilga ötirişi ehtimoli katta, degan fikr mavjud. 

Xelsinkida haydovçisiz avtobuslar sinovini ötkaziş taşabbusini Metropolia texnologik universiteti bildirgan. Universitet Sohjoa dasturi doirasida 26 aprelda  Suvilaxti tumanida robotlaştirilgan kiçik avtobus qatnovini yölga qöydi. Avtobus 3 ta töxtaş bilan duşanbadan jumagaça soat 10dan 17gaça qatnaydi. Unda istalgan odam yurişi mumkin. Yölovçilar orasida körsatilayotgan xizmatlar sifati böyiça sörovnoma ötkazib borilmoqda.

Xelsinkida haydovçisiz jamoat transportining ilk sinovlari 2016 yildayoq boşlangan. Öşanda Fransiyaning EasyMile kompaniyasining elektr haydovçisiz avtobuslari şaharning Xernesaari tumanida yura boşlagan. Xelsinki London, Los-Anjyeles va Buenos-Ayres bilan bir qatorda şahar muhitiga haydovçisiz transportni joriy qilişga qaratilgan Bloomberg Aspen Initiative loyihasida iştirok etmoqda.