Ijtimoiy tarmoqlarda Samsung flagmanlarining yangi avlodi - Galaxy S10 smartfonlari haqida ma'lumotlar paydo böldi. Janubiy Koreyaning The Bell naşri şu haqidagi yangiligi bilan bölişdi. 

Manbaga köra, Samsunğning yubiley flagmani 2019 yilning yanvar oyida namoyiş etiladi. Joriy yilning fevralida bölib ötgan MWC 2018 körgazmasida Samsung Galaxy S9 taqdim etildi. 

Kelgusi yili Samsung öz flagmanlarini ertaroq namoyiş qilişi kutilmoqda, 25-28 fevral kunlari Barselonada bölib ötadigan Mobile World Congress 2019'da esa ançadan beri kutilayotgan mahsulot - moslaşuvçan displeyli taxlanuvçi smartfon taqdimoti ötkazilişi mumkin. Mantiqan olganda, Galaxy S10 taqdimoti 8-11 yanvar kunlari Las-Vegasda bölib ötadigan CES 2019 körgazmasida ötkazilişi ehtimoldan xoli emas. 

Bundan avval tarqalgan ma'lumotlarga köra, Galaxy S10 va Galaxy S10+ yubiley flagmanlari Beyond içki kod nomi bilan yuritilmoqda. ta'kidlaş joizki, Galaxy S9'ga - Star, Galaxy S8'ga esa Dream kod-nomlari berilgan edi.

Manbaga köra, smartfonlar 5,8 va 6,3 dyuymli Infinity ekranlariga ega böladi, barmoq izlari skaneri naq displeyning öziga integratsiya qilinişi kutilmoqda. Şuningdek yuzni yanada yaxşiroq taniy olişi uçun 3D-kamera funksiyasi ham qöşilişi mumkinligi aytilmoqda.