Yaponiyalik MMA jangchisi Kedzi Xoriguti amerikalik raqibi Yyen Makkollni bor-yo‘g‘i 9 soniyada nokautga uchratdi. Ushbu jang videosi YouTube’da joylashtirilgan.
Videoda Xoriguti raqibiga chap qo‘l bilan zarba bergandan keyin uning ringga yiqilganini ko‘rish mumkin. Yaponiyalik yerda cho‘kkalab yotgan raqibiga yana zarba bera boshlaganda hakam jangni to‘xtatgan.
Jang Yaponiyaning Fukuoka shahrida 6 may kuni RIZIN FF 10 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tgan.














