Angliya premer-ligasining 37-turidan örin olgan ahamiyatga molik uçraşuvlardan biri Mançesterda bölib ötdi. Unda çempionlik masalasini hal qilgan «Manchester Siti» ligada qoliş uçun kuraş olib borayotgan «Haddersfild»ni qabul qildi.

90 daqiqa davomida mezbonlar ham, raqib jamoa ham xarçand urinişmasin darvozalarga yöl topa olişmadi. «Manchester Siti»ga kubok topşirilişi lozim bölgan uçraşuv şu tariqa nursiz durang natija bilan yakuniga yetadigan böldi.

Uşbu natijadan keyin «Manchester Siti» hisobidagi oçkolar soni 94taga yetdi va ikki rekord (95 oçko va 31-ğalaba) ortga suriladigan böldi.

Angliya premer-ligasi
37-tur

Manchester Siti – Haddersfild 0:0
Manchester Siti: Ederson, Stounz (Bernardu Silva, 73), Otamendi, Uoker, Delf (Mendi, 57), Silva, Fernandino, Sterling, de Bryuyne (Gyundogan, 67), Sane, Gabriel Jyezus.
Haddersfild: Lessl, Yorgensen, Şindler, Kongolo, Xaderdjonay, Pritçard (van La Parra, 82), Xogg, Smit, Muy, Leve (Meloun, 78), Mune (Depuatr, 60).
Ogohlantirişlar: Smit (66), Leve (76), van La Parra (87).