Özbekiston Oila kodeksi turmuşda mustaqil er-xotinning tengligiga va ular hayotida boşqa qarindoşlarning ahamiyati kamligiga asoslangan zamonaviy oila modeliga qurilgan. Bunday qonunçilik Özbekistondagi oilaviy turmuşni samarali tartibga sola oladimi – Norma şarhida şu haqda söz yuritilgan.
Bizdagi oilalar qanday xususiyatga ega
Biz, Özbekiston fuqarolari, umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilamiz, biroq turmuşda öziga xos xalqmiz. Bu nikoh va oila munosabatlarida ayniqsa közga taşlanadi. Bozor iqtisodiyoti şaroitida, Yevropa namunasiga tayanib işlab çiqilgan oila töğrisidagi qonun hujjatlari asosida butkul boşqa davrda, umuman boşqa siyosiy va iqtisodiy şaroitda yuzaga kelgan an'analarga amal qilişda davom etmoqdamiz. Sodda qilib aytganda, ajdodlarimizdan meros qolgan oila masalalari borasidagi qaraşlarimiz qonunda tavsiflangan modeldan biroz farq qiladi.
Oilaga turliça qaraşlar haqida ötgan asr boşida A.Qodiriy yozgan, söng sovet davrida fikr bildirilgan. Köp xotinlilik, erta va majburiy nikohlaşlar e'tibor markazida bölgan. Huquqiy çoralar bilan uşbu salbiy holatlarga barham berişga erişildi. Ular hozir ham nazarda tutilgan:
• Jinoyat kodeksida – 126-modda (köp xotinli böliş), 136-modda (ayolni erga tegişga majbur qiliş yoki uning erga tegişiga tösqinlik qiliş), 128, 129-moddalar (16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş va unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş);
• Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda – 47-3-modda (nikoh yoşi töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş).
Biroq köp jihatlarda oiladagi an'anaviy turmuş tarzi saqlanib qolgan. Unda avvalgidek:
• hamma işda özidan katta avlodga böysuniladi, şu jumladan ular farzandlari uçun turmuş örtoğini ma'qul topiş (tanlaş), ularga va turmuş örtoqlariga qanday yöl tutiş haqida körsatmalar berişga ma'naviy jihatdan haqli sanaladi;
• er-xotin örtasida faqat nikoh emas, balki er-xotinning oilalari örtasida amalda bitim tuziladi, bu aniq mulkiy majburiyatlarni yuzaga keltiradi;
• turli avlodlar birgalikda yaşagani uçun oila mulki faqat er-xotinning mol-mulkidan iborat emas, maişiy darajada ota-ona mulki va farzandlarning mulki degan tuşunça yöq;
• köp farzand köradilar, şu sababli ayol jinsi katta uy xöjaligi taşvişlarini zimmasiga olib, mustaqil daromad manbaiga ega bölmaydi;
Mavzuga oid
• oilaning moddiy ta'minoti er va erkak jinsidagi katta qarindoşlari zimmasida, buning natijasida oilada erkak şak-şubhasiz ustun sanaladi;
• oila hayotida jamoatçilik (masalan, mahalla) keng iştirok etadi va h.k.
Sovet davri qonunçiligida ham an'anaviy oila hayotidagi öta muhim masalalarni tartibga soliş yölini topiş uçun boşqa variant tanlangan edi. Zamonaviy model böyiça qanday bölişi kerakligi belgilanib, an'anaviy oilalarda yuzaga keladigan köpgina ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solinmay qöya qolingan edi.
XX asrda uşbu qaror oqibatlari unça közga taşlanmagan bölsa, XXI asr boşida jamiyatimiz öz tarixida ilk bor köp sonli nikoh buzilişi hollariga töqnaş keldi. Muallifning fikriga köra, bu köp jihatdan köplab ijtimoiy jarayonlarni öz holiga taşlab qöygan, qonunçilikka xato yondaşuv oqibatidir. Çunonçi, ajralişlar sabablari xususida sudyalar bilan suhbat yuritganda oiladagi eng jiddiy nizolar aksariyat hollarda er-xotin örtasidagi munosabatlarga köp ham boğliq bölmay, boşqa qarindoşlar bilan özaro munosabatlardan va boşqa maişiy turmuş masalalaridan kelib çiqişini aytadilar.
Davlat uşbu vaziyatdan çiqiş niyatida töy ötkaziş jarayoni şu qadar qimmatga tuşmasligi uçun uni tartibga solişga urinmoqda. Şuningdek ajraliş taomillarini murakkablaştiriş taklif etilmoqda. Ya'ni qonunçilikda yöl qöyilgan kamçiliklar qisman töldirilmoqda. Qabul qilinayotgan çoralar zarurligini inkor etmagan holda oila töğrisidagi qonun hujjatlarining özi isloh qilişga muhtoj deb hisoblaymiz.
Quyida «an'anaviy turmuş tarzi bilan inson huquq va erkinliklari birikuvi» prinsipiga asoslangan ayrim takliflar keltirilgan.
Nikoh tuziş şartlari
Oila kodeksining (bundan keyin – OK) 14 va 15-moddalariga muvofiq, nikoh ixtiyoriy ravişda nikoh yoşiga (erkaklar uçun 18 yoş, ayollar uçun 17 yoş) yetgandan söng tuziladi. Muhim qaror ustida öylab körişlari uçun nikohlanayotganlarga ariza berilgan kundan boşlab 1 oy vaqt beriladi (OKning 13-moddasi).
Hatto nikoh rasman rasmiylaştirilmagan bölsa ham, nikoh yoşi töğrisidagi talabni buzganlik uçun Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning (bundan keyin – MJTK) 47-3-moddasiga binoan katta jarimalar belgilangan. Katta yoşli er (xotin) uçun – 10 EKIHgaça, ota-onalar uçun – 15 EKIHgaça, diniy marosim ötkazgan uçun – 20 EKIHgaça. Erga tegişga majburlaş esa jinoiy javobgarlikka olib keladi (JKning 136-moddasi).
Biroq amaldagi normalar barça muammolarni hal eta olmaydi.
Birinçidan, insonlar örtasidagi ijobiy emotsional aloqalar – mustahkam oila qurişning eng muhim şarti. Bir-birini yaxşi bilmaydigan odamlardan jamiyat yaçeykasini barpo etiş imkoni kamayadi. Şu sababli ariza berilgan kundan boşlab bir oylik qisqa kutiş muddati ota-onalar xohişiga köra tez nikohdan ötiş imkonini beradi. Bu masalada katta avlodning ijobiy rolini inkor etmagan holda bu muddat butkul nomaqbul sanaladi va oşirişni talab etadi. Ayniqsa nikohlanayotganlarning uçraşuvlari ham tartibga solinganligi va miqdori çeklanganligini inobatga olsak. Tomonlar bir-birlarini yaqindan bilişlari lozim.
Bunday çora Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturida(2.02.2018 yildagi PF–5325-son Farmonga 7-ilova) nazarda tutilgan. Batafsil – bu yerda. Muallifning fikriça, ariza beriş bilan nikohni röyxatdan ötkaziş örtasidagi muddat kamida 6 oyni taşkil etişi kerak.
Ikkinçidan, jamiyatda yoşlar ungaça oila qurişi şart bölgan va undan keyin erga tegmay/böydoq qoliş uyat sanaladigan muayyan yoş çeklovi haqida fikr örnaşib qolgan. Köpçilik «vaqt kelganligi» uçungina uylanadi (erga tegadi). Bunda qonunçilikda nikohlanayotganlarning bandligi va moddiy ahvoli hisobga olinmaydi.
Erta nikohdan ötgan aksariyat yoşlar ota-onasi u yoqda tursin, özlarini, eri (xotini), bolalarini moddiy ta'minlaşga hali tayyor bölmaydi. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy şaroit ana şunday. Örta maktabda majburiy 11 yillik öqiş joriy etilişi oqibatida özbekistonlik yoşlar keçroq – örta hisobda 20–22 yoşda kasb-hunar ta'limi olişlarini ham inobatga olmoq zarur (ilgari fuqarolarning aksariyati 19 yoşga kelib kollejlarda kasb egasi bölar edi). Yaqin orada 18–19 yoşda mustaqil hayotga qadam qöyişning amalda imkoni qolmaydi.
Şu sababli nikoh yoşini kamida 21 yoşgaça oşiriş maqsadga muvofiqdir.
Uçinçidan, bölajak er/xotin tanlaşga an'anaviy ravişda ota-onalar, boşqa qarindoşlar, qöşnilar (nomzod haqida ma'lumot töplaşda) va hatto iş beruvçi (davlat xizmatçilarining qarindoşlariga qöyiladigan ayrim talablar bobida) katta ta'sir körsatadi. Şu sababli OKning 14-moddasiga (nikoh tuzişning ixtiyoriyligi) köpinça amalda tölaqonli rioya etilmaydi.
Şu bilan birga JKning 136-moddasi va u böyiça javobgarlikka tortiş jinoiy-protsessual tartibida nuqsonlar mavjud. Çunonçi, erga tegişga har qanday majburlaşga darhol jinoyat sifatida qaraladi. JPKning 325-moddasiga köra esa bu holda jabrlanuvçining özi huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilmagunça jinoyat işi qözğatişga yöl qöyilmaydi. Natijada qahri qattiq ota-ona ustidan ham ariza kelib tuşmaydi, içki işlar organlari va mahallaning esa hodisani indamay kuzatişdan özga çorasi qolmaydi.
Bundan taşqari, faqat ayollarga nikoh tuzişga majburlaşdan jabrlangan kişi sifatida qaraladi. Turmuş örtoğini tanlaşi çeklanadigan yigitlarning huquqlarini qonun himoya qilmaydi.
Şu munosabat bilan jismoniy kuç işlatgan holda nikoh tuzişga majburlaş jinoiy tartibda jazolanişini belgilaş zarur. Boşqa barça majburlaş turlari uçun ma'muriy javobgarlik tayinlanmoği lozim. Bunda nafaqat jabrlanuvçining, balki boşqa şaxslarning arizasiga köra ham ma'muriy jazo belgilanişi kerak. Masalan, qöşnilar va mahalla oqsoqolining. Bundan taşqari, faqat ayollar jabrlanuvçi sifatida tan olinmasligi darkor.
Er-xotin va ularning qarindoşlari örtasidagi mulkiy munosabatlar
Er-xotin örtasidagi mulkiy munosabatlar haqida söz yuritganda birgalikda orttirilgan mol-mulk va uning bölinişi tilga olinadi. Bu haqda köp yozilgan. Şu sababli boşqa jihatlarni körib çiqamiz.
Birinçidan, ayol iqtisodiy va ijtimoiy hayotda mustaqil bölmoği lozim degan nuqtai nazarni barça fuqarolar ham qöllab-quvvatlamaydilar. Ayni oiladagi içki sabablarga köra (asosan eri yoki uning qarindoşlari talabiga köra) köp ayollar öqişi, işi va karerasidan voz keçadi. Şu tariqa, ayol uy bekasiga, iqtisodiy jihatdan esa – birovning qaramoğidagi kişiga aylanadi.
Kasbiy malakasini yil sayin yöqotib boradigan uy bekasining holiga havas qilib bölmaydi. Uni boqişdan boş tortganlarida yoxud nikohi buzilgan taqdirda oilani deb işidan voz keçgan ayolning pul topişi qiyin böladi, tirikçilik qilişga mablaği bölmaydi. OKning 117-moddasiga muvofiq er xotiniga (şuningdek xotin eriga) moddiy yordam berişi şart bölsa ham, u mehnatga layoqatsiz, homilador bölsa yoxud 3 yoşga tölmagan bolani yoki 18 yoşga tölmagan nogiron bolani (bola I guruh nogironi bölganda 18 yoşgaça bölişi haqidagi şart qöllanilmaydi) parvarişlayotgan bölsagina aliment oliş huquqiga ega böladi.
Er-xotinlardan biri boşqasining talabi bilan daromad manbaidan voz keçganda, başarti rad javobi bergan mehnatga layoqatli er (xotin) mehnat birjasida röyxatdan ötgan bölsa, aliment oliş huquqiga ega bölişini qonun darajasida belgilaş zarur. Bu holda bandlikka kömaklaşiş organlari munosib iş taklif etadigan paytgaça aliment tölaş, mazkur asosga köra uni tölaş majburiyatlarini sobiq er-xotinlarga nisbatan ham tatbiq etiş maqsadga muvofiqdir.
Ikkinçidan, er-xotinning bitta turar joy maydonida propiska qilingani amaliyotda jiddiy muammo hisoblanadi. Kvartira yoki uy er-xotinlardan biriga emas, balki boşqa şaxslarga (köpinça ularning ota-onalariga) tegişli bölganda masala murakkablaşadi.
Gap şundaki, Uy-joy kodeksining 32-moddasiga muvofiq, kelinlar uy yoki kvartira mulkdorining (qaynota yoki qaynonaning) oila a'zosi deb tan olinmaydi. Unday böliş uçun ular qaynota yoki qaynona bilan umumiy xöjalik yuritişlari va ularning turar joyida albatta röyxatdan ötgan bölişlari şart. Faqat şundagina oilaviy munosabatlarga barham berilganda ular turar joydagi xonalardan foydalaniş huquqini saqlab qoladilar. Pasportda röyxatdan ötganlik ştampi bölmasa, birgalikda xöjalik yuritgani, şu jumladan uy işlarini bajargani yaşab qoliş huquqini saqlaş uçun asos böla olmaydi.
Şu tariqa, röyxatdan ötiş haqidagi talab – qarindoşlikni tan olmaslik va turar joydan foydalaniş huquqini olişga tösqinlik qiliş uçun rasmiy dastak. Aslida esa kelinlarni turar joyda yaşaşga qöyadilar, birgalikda xöjalik yuritadilar va hatto uni köpaytiradilar. Şu sababli muallif uy-joy qonunçiligi kontekstida röyxatdan ötkaziş haqida talab qöymay, birgalikda yaşaganligi va umumiy xöjalik yuritganligi dalili asosida qarindoşlikni tan oliş maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Uçinçidan, Özbekistonda nikoh şartnomalari kam uçraydigan holat deb hisoblaş notöğri. Har gal an'anaviy milliy nikoh tuziş çoğida ikkala oila vakillari «fotiha töyi» doirasida muayyan kelişuv tuzadilar. Biroq bu şartnomalar yuridik ahamiyatga ega bölmaydi.
Sababi – nikoh şartnomasi notarial tartibda tasdiqlanişi lozim (OKning 30-moddasiga qarang). Bunda Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomada uning tuzilişi batafsil tartibga solinmagan, fuqarolar yiğinlari oqsoqollari esa bunday şartnomalarni tasdiqlaş huquqiga ega emas (Fuqarolik kodeksining 137-moddasi, «Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida»gi Qonunning 15-moddasiga qarang).
Şu sababli mazkur joy an'ana va udumlarini hisobga oluvçi namunaviy nikoh şartnomalarini işlab çiqiş maqsadga muvofiq körinadi. Unda, aytaylik, nikohni bekor qiliş taşabbusi bilan çiqqan tomon boşqa tomonning töy tantanalarini ötkazişga sarf-xarajatlarini qoplab berişi şartligini körsatiş mumkin. Bu ba'zan tomonlar bir-birini ortiqça xarajatga tuşirişidan tiydiruvçi salmoqli omil bölar edi.
Bundan taşqari, fuqarolar yiğinlari oqsoqollariga bunday şartnomalarni tasdiqlaş vakolatini beriş zarur. Bunda an'analarga rioya etiş maqsadida nafaqat nikohlanuvçilar, balki ularning nomidan – fuqarolar yiğini oqsoqoli tasdiqlagan işonçnoma asosida ota-onalari va boşqa qarindoşlari bunday bitimlarni tuziş imkoniga ega bölişiga ruxsat beriş mumkin
Qonun çiqariş taşabbusi bilan çiquvçi sub'yektlar köp masalalarni sinçiklab körib çiqişlariga töğri keladi. Biroq bir narsa aniq – Oila kodeksini takomillaştiriş vaqti keldi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi