Xitoyning Tyantszin şahri xalq sudi 8 may kuni Xitoy kompartiyasining markaziy qömitasi siyosiy byurosining sobiq a'zosi Sun Çjentsayni korrupsiya işi böyiça umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi.

Hukm öqib eşittirilgandan keyin Sun Çjentsay söngi sözida aybini töliq tan olib, qilgan işidan puşaymonligini aytgan. U, şuningdek, hukm adolatli çiqarilganini va u böyiça arz qilmasligini aytgan. Sud qaroriga köra, sudlanuvçining barça mol-mulki musodara qilinadi va u barça siyosiy huquqlardan mahrum etiladi. 

Xitoyning oliy xalq prokuraturasi 2017 yil dekabrida Çjentsayni korrupsiyada gumon qilib, unga qarşi tergov boşlagan. Tergov ma'lumotlariga köra, sobiq amaldor umumiy hisobda 170 mln yuan (27 mln dollar) pora olgan.  

Sobiq amaldor şaxsiy foyda oliş va turli davlat hamda partiyaviy lavozimlarni egallagan uçinçi şaxslar manfaati yölida xizmat vakolatlarini suiste'mol qilişda ayblangan.