Italiyaning Paolo Jyentiloni boşçiligidagi hukumatining vakolatlari muddati tugadi – formal jihatdan u iste'foga ketgan, biroq özining joriy vazifalarini bajarişni davom ettirmoqda. Bu haqda Italiya prezidenti Serjo Mattarella ma'lum qildi. 

Foto: AP Photo/Markus Schreiber

Mattarella agar siyosiy partiyalar vakillari hukumat koalitsiyasini tuzişga kelişa olmasalar, muddatdan avvalgi saylovlargaça faoliyat yuritadigan “neytral hukumat” şakllantirişni taklif qildi.

Italiya prezidenti saylovlarning ötadigan ehtimoliy vaqti sifatida kelayotgan yoz yoki kuz va hattoki dekabrni aytgan. 

Mattarella yangi hukumatni şakllantiriş zarurligini ta'kidlab ötgan va siyosiy partiyalarni javobgarlikka çaqirgan.  

“Agar yaqin orada parlament köpçiligini tuzişga muvaffaq bölinsa, joriy vazirlar mahkamasi zudlik bilan iste'foga ketadi”, deb tuşuntirgan Mattarella. Yaqin kunlarda aynan Mattarella vazirlar mahkamasining tarkibini taklif qilişi kerak böladigan boş vazir lavozimiga nomzodni aytadi.