Qozoğistonning Jambil viloyatidagi “Otar” 40-harbiy baza poligonida 7 may kuni Vatan himoyaçilari kuniga bağişlangan jangovar parad yakunlandi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda. 

Paradga uç mingga yaqin harbiy xizmatçi, 300ta qurol-yaroğ va harbiy texnika hamda 40ga yaqin uçar qurilma jalb etildi. Körikni Qozoğiston prezidenti, Oliy boş qömondon Nursulton Nazarboyev kuzatib bordi.

Parad ikki qismdan iborat böldi. Birinçisida hokimlarga hududiy mudofaa brigadalari bayroqlari topşirildi. Şundan söng Nursulton Nazarboyev nutq sözladi. Uning ta'kidlaşiça, zamonaviy siyosiy voqelik har doim har qanday narsaga tayyor bölişni talab qilmoqda.

Foto: Qozoğiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Qozoğiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Qozoğiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Prezidentning nutqidan söng 19ta piyoda bölinmasi marş bilan ötdi, söng harbiy maşqlar ötkazildi. Jangarilar, noqonuniy tödalarni yöq qiliş, turli qurollardan aniq nişonga oliş böyiça könikmalar körsatildi. Paradni tribunalardan ön mingdan ortiq tomoşabin kuzatgan.

Foto: Qozoğiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Noqonuniy qurollangan tuzilmalar şartli bazasini yöq qiliş böyiça taktik epizodlarni bajariş davomida Raketa qöşinlari va artilleriya imkoniyatlari körsatildi: "Toçka-U" taktik raketa komplekslari, "Grad" va "Prima" birdaniga öt oçiş raketa tizimlari, MSTA-B hamda D-30 gaubitslari, "Solntsepek" oğir ötsoçar tizimlari, "Şturm-S" tanklarga qarşi raketa kompleksi va boşqalar.

Foto: Qozoğiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Qozoğiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Qozoğiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Quruqlikdagi qöşinlar va Havo mudofaa kuçlari qöşinlari raketalar uçirdi, bombalar taşladi, qurolning barça turidan öt oçdi. Harbiy-havo kuçlarining armiya aviatsiyasi va front samolyotlari hamda vertolyotlari havoda jang ötkazdi.

Foto: Qozoğiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Jambil viloyati Korday tumanidagi jangovar paradda iştirok etgani xabar qilingandi.