Yaqinda KUN.UZ ijodkorlari Samarqand viloyatiga taşrif buyurişgan edi. Sayqali röyi zamin - azim Samarqand haqida videolavhalar namoyiş etildi.  Biroq Samarqandga taşrif buyurgan vaqtimizda xorijlik turistlar va xalq vakillari bilan bölgan suhbatimizda ular şaharning juda bebaho ekanligini, şu bilan birga u yerda mavjud bölgan kiçik muammolar haqida aytib ötişdi.

- Öylaşimça, hammasi yaxşi ketmoqda. Heç qanday muammolar mavjud emas. Restoranlar xizmati yaxşi. Şirin taomlar tanovul qiliş mumkin. Mehmonxonalar şinam. Taşrif buyuriş mumkin bölgan joylar köp. Transport xizmati juda toza, hattoki Italiyaga nisbatan ham. Köçalar çiroyli. Lekin asosiy köça faoliyati yaxşi tartibga solinmagan, yer osti yöli yöq va yöllar çuqur öyiqlarga töla, - deydi italiyalik sayyoh

Fransiyadan kelgan mehmonlar ham şuni ta'kidlaşdi. Bundan taşqari, hojatxonalar kamligi muammosi ham mutasaddi taşkilotlar tomonidan hal etilişi lozim, deb aytdi turistlar.

Öşa yerda faoliyat yuritadigan Uluğbek rasadxonasi muzeyi xodimi Ikromiddin Sirojiddinovning fikriça, turizmda xalq uçun ham xorijlik mehmon uçun ham şaroitlar yaxşi bölişi kerak. Içki turizm vakili uçun şaroitlar uyidan çiqqandan boşlab boşlanişi kerak. Ya'ni transport qatnovi yaxşi yölga qöyilişi lozim. Kelib tuşgandan söng mehmonxona masalasida umuman qiyinçiliklarga duç kelmasligi kerak. Ba'zan eşitamiz, sayyohlar joy muammosiga duç kelmoqda. Sayyohlar hojatxona muammosiga ham duç kelmoqda. Oşxonalar yetarli bölib, barça şart-şaroit yetarli va toza, ozoda bölişi kerak. Samarqanddagi barça tarixiy obidalar pokiza saqlanişi kerak. Özimizning fuqarolarimiz bu yerga taşrif buyurganda şevada emas adabiy tilda gaplaşişi kerak. Horijlik sayyohlar yöl-yöriq söraganda albatta bilsak, ularning tilida javob berişimiz kerak, şunda ularning qalbiga yöl topamiz. Şu bilan birga xavfsizlik va tez tibbiy yordam masalasi har bir obektda öz vaqtida yölga qöyilişi kerak deb ta'kidlab ötdilar.