Söngi yillarda davlat tomonidan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilarini uy-joy bilan ta'minlaş, oila a'zolarining yaşaş şaroitini yaxşilaş böyiça amaliy işlar amalga oşirilmoqda. Ijtimoiy muhofazaga qaratilgan mazkur çora-tadbirlar harbiy xizmatçilarning oilalarini yaşaş şaroitlarini yaxşilaş imkonini bermoqda. 

Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 30 martdagi “Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari uçun uy-joy quriş dasturi töğrisida”gi qaroriga muvofiq 2017 yilning özida 56 ta köp qavatli uy-joy qurildi. Uy-joy binolari namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan bölib, 2018 yilda ana şunday uylarning 100 tasi qurilişi közda tutilgan. 

Joriy yilning 6 may sanasida poytaxtning Yaşnobod tumani «Olmos» mahalla fuqarolar yiğini hududida bunyod etilgan 540 xonadondan iborat köp qavatli yangi uylar 9 may – Xotira va Qadrlaş kuni bayrami arafasida öz egalariga topşirildi.
 
Tadbirni Özbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov oçib berdi. Söngi paytlarda prezident tomonidan vatan himoyaçilarining ijtimoiy himoyasi masalalariga yuksak e'tibor berilayotganini ta'kidladi. Şarafli kasb egalarining xizmat va yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, el-yurt xizmatidagi insonlarning zimmasidagi vazifalarni xotirjam bajarişlari uçun barça qulayliklar yaratilayotganini e'tirof etdi. 

Tantanali marosimda oila sohiblariga xonadon kalitlari topşirildi. Uylar egalari hamda Ikkinçi jahon uruşi va mehnat faxriylari uçun tuman hokimligi tomonidan bayram dasturxoni yozildi.